Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Taniqli shaxslar dori vositalari reklamasida ishtirok etishi taqiqlanmoqda

Senat qo‘mitasida yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan telekanallarda davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanmoqda:

— taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi;

— olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanish.

Qonun Senat tomonidan tasdiqlanib, Prezident tomonidan imzolangach, kuchga kiradi.