Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanishining suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 2 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga A. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, shahardagi Taraqqiyot ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan tanishi F.V. uning rasmlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, ushbu suratlarni tarqatmasligi evaziga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganini bildirgan.

Arizaga asosan, shu kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, F.V. ariza muallifidan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.