Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanzila Norboyeva va Valentina Matviyenko OAV vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi federatsiya kengashi devoni o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanganidan so‘ng O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari raislari Tanzila Norboyeva va Valentina Matviyenkoning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Rossiya parlamenti delegatsiyasining rasmiy tashrifi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada faollashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lgani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat parlamentlari yuqori palatalari rahbarlarining uchrashuvi chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli masalalar batafsil muhokama etildi. Bunda parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Oxirgi ikki yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning siyosiy irodasi va qat’iyligi tufayli O‘zbekiston-Rossiya strategik va ittifoqchilik hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqich boshlangani ta’kidlandi.