Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!

Kecha, 11 oktyabr kuni Toyloq tumanidagi 15-umumta’lim maktabida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Toyloq tumanining ilg‘or, tajribali ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilari tomonidan namunali ochiq darslar o‘tkazildi.

Tumandagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari buyuk shoir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning bolaligi aks etgan  sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Kitob o‘qimagan bola o‘z tilini ham yaxshi o‘zlashtirolmaydi” mavzusida kitobxonlik aksiyalari, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi uyushtirildi.

G‘oliblar tuman hokimligi tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

D.ABDURAHMONOVA.