Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tarixiy obidalar va muzeylar harbiylar va ularning oila a’zolari uchun bepul

Hurmatli harbiylar, Vatanimiz sarhadlarini munosib himoya qilayotgan fidoyi zobit-u askarlar!

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi barcha tarixiy obidalar va muzeylar harbiylar va ularning oila a’zolari uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Keling, farzandlaringiz, yaqinlaringiz bilan ko‘hna shahardagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qiling, muzeylarda saqlanayotgan osori-atiqalarni tomosha qiling.