Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibga solinadi

Tarixiy-shaharsozlik muhiti va tumanlar (shaharlar)ning mavjud binolari me’moriy qiyofasini saqlab qolish, reklama konstruksiyalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilish, tashqi reklama sohasining barcha ishtirokchilari uchun teng huquqlarni ta’minlaydigan tamoyillar va shartlarni shakllantirish maqsadida, shuningdek, Shaharsozlik kodeksi, "Reklama to‘g‘risida"gi va "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga myvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevralda “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan tashqi reklamalarni joylashtirish tartibi belgilandi. Qarorning to‘liq matni bilan https://lex.uz/pdfs/4742951 orqali tanishishingiz mumkin