Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Telegram ijtimoiy tarmog‘ining eng ko‘p kuzatuvchilari Eronda

Bu haqda Samarqand yuridik texnikumida tashkil etilgan jurnalist va blogerlarning malakasini oshirish o‘quv mashg‘ulotlarida aytildi.

O‘quv kursida viloyatda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari va blogerlardan iborat 30 nafar tinglovchiga Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari Shuhrat Rahmonov va Mahkam Vohidovlar jurnalistika faoliyatining huquqiy asoslari, axborot va so‘z erkinligi, xalqaro va milliy jurnalistika standartlari va boshqa shu kabi mavzularda mahorat darslari o‘tmoqda.

- Biz jamiyatda bo‘layotgan yangiliklardan turli ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo‘lishimiz mumkin, - deydi yuridik fanlari nomzodi Sh.Rahmonov. - To‘g‘ri, bugungi kunda xabarlar aholiga ijtimoiy tarmoqlar orqali tezroq yetib bormoqda. Ularning kuzatuvchilari televideniye, radio va bosma nashrlarga nisbatan ortganligi ham bor gap. Masalan, telegram ijtimoiy tarmog‘ining eng ko‘p kuzatuvchilari Eronda. Axborotni qaysi manbadan olishi uning huquqiy bilimiga bog‘liq. Aholini yangiliklardan xabardor qilib boruvchi OAV vakillarining huquq va majburiyatlari bor. O‘tkazilayotgan o‘quv kursining maqsadi ham samarqandlik jurnalist va blogerlarning huquqiy bilimini oshirishdir.

"Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari" mavzusidagi ushbu mashg‘ulotlar uch kun davom etishi rejalashtirilgan.