Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Temurbeklar Boburni yod etdi

Samarqand shahridagi Temurbeklar maktabida “Bobur – buyuk sarkarda” deb nomlangan adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, asarlari haqidagi bilimlarini namoyish etish bilan birga, uning harbiy yurishlari, sarkardalik mahorati to‘g‘risida ham o‘zaro fikr almashdilar.

Kechaga mehmon sifatida taklif etilgan Samarqand shahridagi 107-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ham o‘z dasturlarini namoyish qildi.

Shuningdek, maktabda Bobur tavallud kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Unda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Faol kitobxon o‘quvchilar maktab ma’muriyati va yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

D.NEGMATOVA.