Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Terilgan paxta uchun qancha haq to‘lanadi?

Viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda qo‘lda terilgan har 1 kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan, mashina terimi uchun 1 tonnasiga 1400 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermerlar hosilni qisqa fursatda yig‘ishtirib olish maqsadida belgilangan narxlardan kam bo‘lmagan holda mustaqil narx belgilashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz: o‘tgan yili qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan haq to‘langan.