Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Testdan o‘tolmagan abituriyentda hali imkoniyat bor

Abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin.

* Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

* 1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;

* 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;

* 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;

* 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;

* kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda - 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.

Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.