Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti markirovkasi talabga javob bermasligi aniqlandi

«O‘zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsulotining markirovkasi standart talabiga asosan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahsulot markirovkasi standart talabiga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, mahsulot qadog‘ida import qiluvchi tashkilotning nomi va manzili  ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari, mahsulot davlat tilida tamg‘alanmagan.

 “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot kiritildi.

Shuningdek, «O‘zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida  sotilayotgan «TAYGA» tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti o‘rganilganda, mahsulot amaldagi texnik muvofiq emasligi aniqlandi.