Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Texnik nosozlik oqibatida Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahrining Asadova ko‘chasidan o‘tuvchi, diametri 800 millimetrlik, yuqori bosimli magistral ichimlik suvi tarmog‘ida texnik nosozlik sodir bo‘lgan.

Shu sababli bugun, 14 noyabr 23:00 dan, 15 noyabr 23:00 ga qadar Samarqand shahrining Temir yo‘l hududidagi Spitamen shoh, Qozizoda Rumiy, Narpay, Bedil, Asadova ko‘chalari hamda Buyuk Ipak yo‘li (Mikrorayon “B”) manzillaridagi turar-joy binolarida ichimlik suvi bilan ta’minlash vaqtincha cheklanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK axborot xizmati.