Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tez yordamga 26 ta zamonaviy reanimobil va 89 ta "Damas" rusumli avtomashinalar berildi

To‘g‘risi, tez tibbiy xizmat ko‘rsatishning ahvolidan shu paytga qadar nafaqat aholi, balki o‘zimiz ham qoniqmasdik. 2017 yilda viloyatimiz aholisiga 137 ta tez yordam avtomashinalari xizmat qilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni ikki barobar oshdi.

Prezidentimizning 2017 yil 16 martdagi "Shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra viloyatdagi mavjud tez tibbiy yordam avtomashinalarining barchasi bizning korxonamizga o‘tkazildi. Natijada 26 ta zamonaviy reanimobil va 89 ta "Damas" rusumli tez tibbiy yordam avtomashinalari olindi hamda qo‘shimcha 515 ta haydovchi ish o‘rni yaratildi.

2018 yilda esa Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan beg‘araz 6 ta reanimobil va 11 ta tez tibbiy yordam avtomashinalari ajratildi.

Abdukarim SAMADOV,

Samarqand shahridagi "Ixtisoslashtirilgan

avtotransport" davlat korxonasi rahbari.