Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tibbiy xizmat kompyuterlashmoqda - zarur shifokorlarni topishning oson va tez usuli

*Reklama o‘rnida

Har kuni hayotimizda turli xil vaziyatlarga duch kelamiz. Ayniqsa, hozirgi raqamli texnologiyalar rivojlangan, vaqt juda tezlik bilan o‘tayotgan bir paytda asabiylik, ruhiy zo‘riqish, charchoq yoki diqqatning ortiqchaligi kishini holdan toydiradi. Ana shu holatlarning surunkali davom etishi esa turli xastaliklarning boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Statistika ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda eng ko‘p uchrayotgan kasalliklarning aksariyati asab tizimi bilan bog‘liq ekan. Bunday kasalliklarning ko‘pchiligi asablarning zo‘riqishi sababli kelib chiqmoqda. Hatto kichik yoshdagi bolalarda ham turli xil asab kasalliklari uchrab turgani kishini o‘ylantiradi. Bunday vaziyatda esa, albatta, malakali shifokor nevropatologlarga ehtiyoj ortadi.

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zimiz tanigan, doimiy ko‘rikdan o‘tib turadigan shifokorlarimizni muayyan sabablarga ko‘ra topolmay qolamiz, natijada boshqa mutaxassis qidirishimizga to‘g‘ri keladi. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida 2019 yilda med24.uz sayti ishga tushdi.

Mazkur portal orqali Toshkent shahridagi tibbiy muassasalar, shifokorlar va tibbiy xizmatlar to‘g‘risida barcha kerakli ma’lumotlarini qidirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, saytda muntazam ravishda arzon sharoitlarda davolanish uchun tibbiy muassasalarda o‘tkazilayotgan aksiyalar haqida yangiliklar, go‘zallik va salomatlik haqida foydali ma’lumotlar, kasalliklar haqida bilimlar ham yoritib boriladi.

Portalning yana bir qulay tomoni telegram-botning ham muvjudligidadir. Bot orqali siz Toshkent shahridagi istalgan tibbiyot muassasidagi shifokor ko‘rigiga real vaqtda yozilishingiz mumkin.

Saytdan foydalanishning yana quyidagi afzalliklari mavjud:

  • 100 dan ortiq tibbiy kasblar ro‘yxatidan tanlash imkoniyati;
  • har bir kasb turida saytga kiritilgan shifokorlar soni, konsultatsiya narxlari, onlayn yoki telefon orqali yozilish imkoniyati to‘g‘risida ma’lumot;
  • nafaqat xususiy klinikalar, balki davlat klinikalari haqida ular ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha qidirish imkoniyati, klinikalarning manzili, telefon raqamlari, ish vaqti, xizmat narxlari haqida barcha ma’lumotlarini olish imkoniyati;
  • o‘zingiz yashab turgan manzilda joylashgan klinikalar va shifokorlar haqida ma’lumot olish imkoniyati;
  • shifokor yoki klinika haqida boshqa foydalanuvchilar fikrlari bilan tanishish imkoniyati.

Saytimizdan o‘z so‘rovingiz bo‘yicha ishonchli mutaxassis topishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishingizni tavsiya qilamiz:

  • shifokorning mutaxassisligi, ta’limi va ish tajribasi;
  • xizmat narxlari;
  • ushbu shifokorga bildirilgan sharhlar.

Deylik, sizga malakali nevropatolog kerak bo‘lib qoldi. Buning uchun med24.uz saytiga kirib asosiy menyudan shifokorlar bo‘limini tanlaysiz, 100 dan ortiq tibbiy kasblar ichidan nevropatolog bo‘limiga kirasiz. Sizga saytga kiritilgan barcha nevropatologlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Siz o‘zingiz yashaydigan tumandagi davlat yoki xususiy tibbiy muassasalarni tanlashingiz, shifokorning mashhurlik darajasiga ko‘ra saralashingiz mumkin. Shuningdek, saytda hamma klinikalarda ham uchratish qiyin bo‘lgan epileptolog, flebolog, manual terapevtlar, mikolog, mammolog, trixolog, proktolog shifokorlarni ham qidiruv orqali topsangiz bo‘ladi.

Shifokorlardan tashqari portaldan davlat shifoxonalari, poliklinikalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, kosmetologiya klinikalari, diagnostika markazlari, tug‘ruqxonalar, ixtisoslashgan klinikalar ham guruhlarga ajratib ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, birgina nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha 274 ta, jarrohlik bo‘yicha 224 ta, stomatologiya bo‘yicha 395 ta, pediatriya bo‘yicha 246 ta, kardiologiya bo‘yicha 249 ta tibbiy muassasa ma’lumoti kiritilgan, bu ro‘yxatlar doimiy ravishda yangilanib boradi.

Yana bir foydali jihati, xizmatlar bo‘limida emlash, massaj va manual terapiya, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha ham klinikalarni topsa bo‘ladi. Portalning o‘zbek va rus tillarida birdek olib borilishi esa aholining barcha qatlamlariga xizmat qilishini ta’minlaydi.