Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tibbiyot sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday imtiyozlar beriladi?

"Huquqiy axborot" kanali bergan ma’lumotga ko‘ra,  I va II guruh  nogironligi bo‘lgan shaxslar:

- barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida bepul davolanadi;

 - Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi;

 - viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bepul yordam olish huquqiga ega;

 - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar olish huquqiga ega.

Shuningdek , I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar xususiy tibbiyot muassasalarida (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalar bundan mustasno) bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.