Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Moskvada ikki farzandi bilan hujjatsiz qolib ketgan ayol yuzasidan ma’lumot berdi

TIV Moskvada ikki farzandlari bilan hujjatsiz qolgan ayol yuzasidan ma’lumot berdi.

“O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi Moskva shahrida ikki nafar farzandi bilan hujjatsiz qolib ketgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi S.Sh. to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. U doimiy ravishda diplomatik missiyaga murojaat qilgan. Lekin zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Elchixona qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Hozirgi paytda ushbu ayol bilan aloqa o‘rnatilgan hamda u va uning farzandlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda”, deyilgan xabarda.