Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Moskvada komaga tushib qolgan talabaning holatini nazoratga oldi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi U.Baxronov to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

TIV xabariga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan, elchixona xodimlari tibbiyot muassasasida bo‘lib bemorning yaqinlari, muassasa rahbariyati va davolayotgan shifokorlar bilan uchrashdilar. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga tashxisni aniqlash va muolaja o‘tkazishda qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan mutaxassislarni jalb qilish iltimosi bilan murojaat qilindi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov/Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.