Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Qozog‘istonda 26 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus YTHga uchraganini tasdiqladi

O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi konsullik bo‘limi “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus halokatga uchraganini tasdiqladi.

Tekshiruvlardan so‘ng voqea joyiga kelgan Qozog‘istonning tegishli xizmatlari tomonidan avtobusda bo‘lgan 28 kishi, shu jumladan, 26 nafar O‘zbekiston fuqarolari kasalxonaga yotqizishga muhtoj emasliklari aniqlangan.

«Avtobus yo‘lovchilari o‘z safarlarini boshqa transport vositasida davom ettirdilar. Vaziyat Elchixona konsullik bo‘limi nazorati ostida.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquq departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini sovuq mavsumda avtobus yoki boshqa avtotransport vositalarida Qozog‘iston hududiga kirish yoki undan o‘tishda barcha xatarlarni inobatga olish va tegishli choralarni ko‘rishi zarurligiga qaratadi.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan, shu jumladan, tranzit orqali o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Nur-Sulton shahridagi O‘zbekiston Echixonasi (Nur-Sulton shahri, Akmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Kostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel .: + 7-717-295-45-87, + 7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: + 7-29-277-71-17, + 7-777-599-00-50, + 7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota sh., Chimkent sh., Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Jambil, Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlari, tel.: + 7-727-299-20-70, + 7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi», deyiladi xabarda.