Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

T.Norboyeva: "Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarning qariyb 70 foizi 18–30 yosh oralig‘idagi aholiga tegishli"

Senat raisi ayni paytda davom etayotgan yalpi majlisda bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan konstitutsiyaviy islohotlarga alohida to‘xtaldi.

- Oliy Majlis palatalarining joriy yil 20 maydagi qo‘shma qarori bilan shu masala yuzasidan kelib tushadigan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan edi. Shu kungacha komissiya uch marta yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida 20 mingdan ziyod taklif kelib tushgan. Tahlil etadigan bo‘lsak, individual, jamoaviy (korxona va tashkilotlarning mehnat jamoalaridan), siyosiy partiyalar, faol blogerlardan takliflar kelib tushayotganini kuzatish mumkin. Bu, albatta, Konstitutsiyamizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruriyati xalqimiz tomonidan nafaqat to‘g‘ri qabul qilinayotganini, balki bu jarayonda ularning qanchalik faol ishtirok etayotganini anglatadi.

Ushbu jarayon bizga aholining yosh jihatidan qaysi qatlami siyosiy faol ekanini ham ko‘rsatmoqda. Kelib tushgan takliflarning qariyb 70 foizi 18–30 yosh oralig‘idagi aholiga tegishli.