Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyatining “O‘zbeklar jamiyati” raisi Farhod Jo‘rayev: "Taraqqiyot - do‘stlik va ahillikda"

Avval xabar berganimizdek, “Markaziy Osiyo - bizning umumiy uyimiz” xalqaro anjuman ishtirokchilari Samarqand shahrida bo‘ldi. Biz anjumanda ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyatining “O‘zbeklar jamiyati” raisi Farhod Jo‘rayevning millatlararo do‘stlik haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Davlatlarimiz chegaralarining ochilishi xalqlarimiz birdamligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, - dedi F.Jo‘rayev. - Aynan anjuman doirasida ham bu alohida tilga olindi. Chegaralar ochilganidan keyin aloqalarimiz nafaqat madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy, balki iqtisodiy sohada ham rivojlanmoqda. Natijada har ikkala davlatning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari taraqqiy etmoqda. Zero, Taraqqiyot - do‘stlik va ahillikda.

Shuningdek, Samarqand davlat universitetida tojik filologiyasi fakulteti, hududlarda tojik tilida dars beradigan maktablar mavjud. Bu esa xalqlarimiz O‘zbekistondagi Tojik milliy madaniy markazi va Tojikistondagi O‘zbek milliy madaniy markazini birlashtirdi. Undan tashqari, shu yil Samarqandda “Chegara bilmas do‘stlik” deb nomlangan festivalning o‘tkazilishi ham xalqlarimizni yanada birdamlikka chorladi. Eng muhimi, uzoq vaqt ko‘rishmagan qarindoshlar bugun bir-birlarini ko‘rgani kelib ketmoqda. Bu kabi tadbirlar hali ikki davlat o‘rtasida ko‘p bora o‘tkaziladi. Jumladan, yaqinda yurtimizda bir qator madaniy tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz.