Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikistonda IIVning ayol xodimlari yangi formada ish boshlaydi

Tojikistonda ayol militsionerlar uchun yangi forma dizayni taqdim etildi, deya xabar beradi bugun.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, xodimlarning bayram va kunlik ishchi formasi yangi uslubda ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun Tojikiston prezident Imomali Rahmonga taqdim etilgan.

Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, ayol militsionerlar formasi atlas va adras matolaridan milliy va Yevropa uslubida tikilgan bo‘lib, forma Sug‘d viloyati dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, ayol militsionerlar formasi Tojikiston prezidenti tomonidan tasdiqlanishi sababli prezident Imomali Rahmonga taqdim etilgan. Tasdiqlash masalasi haqida ma’lumot berilmagan.