Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikistondagi ko‘chkida 5 kishi, jumladan 3 bola halok bo‘ldi

Bu haqda RIA Novostiga respublika Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Umeda Yusufiy ma’lum qildi.

"Fojia Sug‘d viloyatining Devashtich tumanida sodir bo‘ldi, uyni tuproq ko‘chkisi bosib qolgan, natijada besh kishi, shu jumladan uch bola halok bo‘ldi. Ko‘chki hududdagi bog‘ni noto‘g‘ri sug‘orish natijasida kelib chiqdi", dedi Yusufiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chki uy devorini yorib o‘tgan va keyin tom qulab tushgan.

"Halok bo‘lgan ayollar 23 yoshda edi va ularning uch nafar kichik bolalari baxtsiz hodisa qurboni bo‘lishdi", dedi Yusufiy.

O‘tgan hafta davom etgan toshqinli yomg‘irlar Tojikistonning 15 ta turli shahar va viloyatlarida tabiiy ofatlarni keltirib chiqardi. Janubda 35 dan ortiq uy vayron bo‘ldi, 96 tasi qisman qulab tushdi, 100 gektardan ortiq haydaladigan yerlar, 768 ta uy-joylar loyga botdi.