Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida tomorqasida kannabis giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan shaxs fosh qilindi

U.Kubayev bundan avval ham sudning qora kursisiga o‘tirgandi. Aslini olganda o‘shanda unga chiqarilgan hukm to‘g‘ri yo‘lni topib olishi uchun imkon edi. Ammo qilgan xatosidan xulosa chiqarmaslik uni yana pushaymonlik ko‘chasiga yetakladi.

Joriy yilning 23 iyul kuni Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari “Qoradori-2019” keng qamrovli maxsus profilaktik tadbirini o‘tkazdi. Tadbir davomida ushbu tumanda istiqomat qiluvchi Ulug‘bek Kubayevning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Maxsus xodimlarning sinchkovligi Ulug‘bekka pand berdi. Tomorqasida yetishtirayotgan bir dona kannabis giyohvandlik o‘simligi uning jinoyatini fosh qildi. Giyohvand vositasi bo‘lgan ushbu o‘simlik ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Sud unga qilmishiga yarasha jazo tayinladi.

Ilhom HAMIDOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi.