Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tomskda halok bo‘lgan vatandoshlarimizning jasadlari Toshkentga olib kelindi

21 yanvar kuni Tomsk viloyatidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning 10 nafarining jasadi vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 26 yanvar kuni ertalab HY-668 reysi bilan TIV, IIV va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Tomsk viloyati Asinovskiy tumani Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi oqibatida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Toshkent shahriga yetkazildi.

Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi.

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishlagan «GreenWood» MChJ o‘rmon kesish kompaniyasi direktori huquqni himoya qilish idoralari tomonidan qo‘lgan olingan", deyiladi TIV ma’lumotida.