Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi (foto)

7 mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Do‘stlik” ordeni sohibasi, taniqli rassom Nodira Oripovaning ijodiy namunalari jamlangan “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik nashri.

Unda tasviriy san’at ixlosmandlari qatorida rassomning yaqinlari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari, ustozi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi, akademik rassom Yanis Salpenkidi, rassomlardan Vali Xodjayev,  Mirtoza Ergashev, O‘zbekiston badiiy akademiyasi badiiy kengashi a’zosi, san’atshunos Lyudmila Kobzayeva, san’atshunos Asqarali Sulaymonov hamda OAV xodimlari tashrif buyurishdi.

Nodira Oripovaning shaxsiy ko‘rgazmasidan o‘rin olgan serqirra 50 ta sara asarlar zalning asosiy qismini to‘liq egalladi. Rassom ijodining avvalroq yaratgan bir nechta suratlarini aytmaganda, ko‘rgazmadan uning asosan oxirgi uch yil davomida yaratgan yangi asarlari o‘rin oldi.