Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent aeroportida Iphone 11 Pro Max telefonlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro S.I.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda DBQning matbuot xizmati.

Tekshiruv natijasida uning yuklari orasidan bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan  va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 19 dona iPhone 11 Pro Max rusumli telefonlar borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.