Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent davlat agrar universitetini 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalar hamda yoshlarni oliy ta’lim qamrovini oshirish maqsadida “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali”ni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Bunda Samarqand filialida tashkil etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish nazarda tutilgan.

Mas’ul ijrochilar - prorektorlar (S.Islomov, K.Sultonov, I.Isroilov, A.Abduvosiqov, Sh.Sattorov).