Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Toshkent-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ydi

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ ma’muriyati Qurbon hayiti bayrami kunlarida ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Toshkent-Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-sonli qo‘shimcha poyezd 2019 yil 9, 11, 13 avgust kunlari Toshkent janubiy vokzalidan kunduzi soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-sonli qo‘shimcha poyezd esa 2019 yil 10, 12, 14 avgust kunlari Urganch vokzalidan ertalab soat 10:10 da jo‘naydi.

Shuningdek, 9 avgustdan boshlab Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari ham yo‘lga qo‘yiladi.