Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent shahrida 4 ta avtomashina ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi

Kecha, 21 yanvar kuni taxminan soat 15.40 da Toshkent shahridagi kichik xalqa avtomobil yo‘lida, Ashxobod parki yaqinida to‘rtta avtomobil - D.T. Boshqaruvidagi «Matiz», A.A. boshqaruvidagi «Spark», D.I.«Toyota» hamda S.S. boshqaruvidagi «Nexia» avtomobillari to‘qnashgan.

Aniqlanishicha, yo‘l-transporti hodisasi oqibatida «Matiz» avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi B.M., «Toyota» haydovchisi hamda «Nexia» avtomobili yo‘lovchilari (A.S. 7 yoshli R.S.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Matiz» avtomobili yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqqan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.