Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Toshkent – Urgut” yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

30 avgust kunidan e’tiboran “Uzautotrans Service” MChJ tomonidan “Toshkent-Urgut” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnay boshlaydi. Chipta narxi 42 000 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Masofasi 387,9 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishdagi avtobus soat 13:20 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Urgutdan esa soat 07:30 da harakatlanishni boshlaydi.

Mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalarni avtoticket.uz sayti orqali ham sotib olish imkoniyati mavjud. Saytda bu haqda ma’lumot berib o‘tilgan edi.