Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna giyohvandlik moddasi ushlab qolindi
- 07.09.2023 17:00
- 437
- Jinoyat va jazo
Bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona komleksining "Aviayuklar" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikamizga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida qarangki, haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Teglar:
giyohvand modda
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Talabalar Nankin politexnika institutida o‘qiydi
- Bugun, 17:01
- Ta’lim
Asosiy qomusimizni qanday o‘rganamiz?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim