Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda 15 yoshli bola boshqaruvidagi mashina temir ustunga urildi

Toshkentning Uchtepa tumanidagi Toshkent halqa yo‘lida 15 yoshli bola YTH sodir etdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Hodisa 21 oktyabr kuni soat taxminan 5:00 da sodir bo‘lgan. Qarindoshiga tegishli “Matiz”ni haydab ketayotgan A.A. boshqaruvni yo‘qotib, elektr uzatuvchi temir ustunga urilgan.

Bola yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.