Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda “Istana” mikroavtobusi yonib ketdi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 5 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 4 tasi qurigan o‘simlik va xazonlarning yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Xususan, 17 noyabr kuni soat 15:22 da, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasi, Erkin ko‘prigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:30 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:35 da bartaraf etilgan.

Yong‘in avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlari rahbarlari hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘ragan.