Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda mashina o‘g‘irlaganlar qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBB poytaxtda "Mazda-3" avtomashinasini o‘g‘irlaganlarni qidirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 3 avgustdan 4 avgustga o‘tar kechasi 102 raqamiga «Mazda-3» rusumli oq rangli avtomobil (tugmali o‘t-oldirgichli) o‘g‘irlanganligi haqidagi xabar kelib tushgan. Haydovchi 26 yoshli U.D. mashinasini Yunusobod tumanining 11-kvartalida 34-son turar-joy binosi yonida qoldirgan. Mashina shaharning boshqa chetida topilib, egasiga qaytarib berilgan.

Avtomobil o‘g‘irlangan hududda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘g‘irlikka aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yuzlarini videoga tushirib olgan. Shaxslarni yuzlaridan taniganlar 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 99-889-78-58 raqamlari orqali xabar berishlarini suraymiz, deya murojaat qilgan IIBB.