Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida xorijlik haydovchi halok bo‘ldi

10 aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumanida Mehrjon ko‘chasida (Dilkash kafesi qarshisida) 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi Xalik K. ishonchnoma asosida boshqargan "Lacetti" va 28 yoshli Shoxruh M. ishonchnoma asosida boshqargan "Malibu" to‘qnashgan, deya xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga "Lacetti" haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida "Lacetti" yo‘lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. hamda ikkala haydovchi turli darajadagi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Biroq "Lacetti" haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.