Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda VII Yevropa kinosi festivali boshlandi

Festivalning ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Eduard Stiprays so‘zga chiqdi.

- Sizga taqdim qilinadigan filmlar dunyoning nufuzli kinofestivallarida g‘olib bo‘lgan filmlardir. Ular orqali Yevropa madaniyatini, qadriyatlarini taqdim etamiz. Festivalda turli janrlardagi filmlar namoyish qilinadi. Dastlabki namoyishdan o‘rin olgan "Belgiyaliklar qiroli" kartinasi Belgiya va bolgariyalik ijodkorlar tomonidan yaratilgan, - dedi Eduard Stiprays.

"O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov keyingi bir oy ichida Yevropaning bir qator davlatlari bo‘ylab safarlar uyushtirilgani. Bi-bi-sining jahon xizmati, Fransiyaning yetakchi hujjatli kino ustalari, Daniyaning "Nordek filmz" kinokompaniyasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot berdi.

Marosimdan so‘ng tomoshabinlarga "Belgiyaliklar qiroli" badiiy filmi namoyish etildi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati.