Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi, jabrlanganlar bor

YTH 24 avgust kuni soat 18:30 da Sergeli tumanidagi Xonobod tepa ko‘chasida joylashgan “Laylo” to‘yxonasi oldida sodir bo‘lgan. 57 yoshli haydovchi F.M. “Isuzu” rusumli avtobusni haydab ketayotgan vaqtida avtobusning old chap tomon ressor qismi sinib ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni eplay olmagan va avtobus ag‘darilib ketgan, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Natijada avtobusning 2 nafar yo‘lovchisi - 59 yoshli G.X. va 4 yoshli Z.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Bundan tashqari, avtobusdagi 6 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilayotgani xabar qilinmoqda.