Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda YPX va PPX xodimlari bodikameralarni sinab ko‘ryapti

2020 yilning boshidan ichki ishlar organlari xodimlaridan xizmat olib borish davomida bodikameralardan foydalanishlari talab etiladi. Biroq joriy yilning 19 sentyabridanoq poytaxt IIBBning 50 nafar xodimlari xizmatga test tartibida bodikameralar bilan kirishdi.

Ularning 32 nafari yo‘l-patrul xizmati inspektorlari, 18 nafari patrul-post xizmati xodimlari.