Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentdagi ayanchli YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Kecha, 15 sentyabr kuni soat 13:20 larda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 28 yoshli E.A. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Abay-Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada haydab ketayotib Olmazor tumanida yashovchi 21 yoshli B.T. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Nexia-2” avtomashina yo‘lovchisi, Olmazor tumanida yashagan 40 yoshli D.X. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Ikkala avtomashina haydovchilari B.T., E.A. hamda “Nexia-2” avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari, Shayxontohur tumanida yashovchi 23 yoshli M.T. ismli ayol hamda uning 3 yoshli qizi F.B.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bu haqda ma’lumot berildi.