Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentdagi «Shovotlandiya» kafesiga o‘t qo‘ygan toyloqlik fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentdagi «Shovotlandiya» kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs «Matiz»da manzilga kelib, bino devorlariga shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan. Alanga chiqishini kuzatib, yong‘in sodir bo‘lgach, voqea joyini yashirincha tark etgan, deya xabar bermoqda IIV.

Ushbu jinoyatni muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Toyloq tumanida yashovchi S.F. sodir etgani aniqlangan va u qo‘lga olingan.
Gazeta.uz ma’lum qilishicha, holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, yong‘in natijasida kafeda ishlagan va yashagan 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.