Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘yda musiqa qo‘yilgani uchun qurolli hujum: Tolibon voqeaga izoh berdi

Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid Afg‘onistonda Nangarhor viloyatidagi to‘yda sodir bo‘lgan fojiali voqeaga izoh berdi. Bayram tadbirida musiqa yangragach, mehmonlarga hujum qilindi. Noma’lum shaxslar musiqani to‘xtatishni talab qilgan, keyin esa o‘t ochishgan. To‘yda kamida uch kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi.

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar o‘z g‘arazli maqsadlarida Tolibon nomidan harakat qilishgan.

Zabihulloh Mujohid, Tolibon harakati vakili:
"Nangarhorda sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bu qanday sodir bo‘lganligi noma’lum. Bu nima edi - shaxsiy janjalmi-yo‘qmi. Islom Amirligida musiqa yoki biror narsani rad etishga hech kimning haqi yo‘q, faqat ishontirishga harakat qilish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, hujum qilgan uch kishidan ikki nafari qo‘lga olingan va ular sudda javob berishadi. Bir kishi qidirilmoqda.

Avvalgi Tolibon hukmronligi davrida (1996-2001) Afg‘onistonda musiqa ta’qiqlangan edi. Yangi hukumat hali bunday farmon chiqarmagan, biroq amaldagi rahbariyat hamon tadbirlarda musiqadan foydalanishni ma’qullamaydi.