Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloq tumanida ayol bosqinchi tomonidan jarohatlandi

2019 yil 18 yanvar kuni yuziga niqob va qo‘liga qo‘lqop kiyib, pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi S.Q. (ismli ayol)ning uyiga bostirib kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan. Bosqinchi 815 000 so‘m pullarini olib ketayotganida S.Q.ni pichoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiqishloq qishlog‘i Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi J.Q. sodir etganligi aniqlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.