Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloqda 8 sotix yer maydoni ochiq auksionda 864 million so‘mga sotildi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi e-auksion.uz sayti orqali 2022 yil 18 iyul sanasida o‘tkazilgan onlayn-auksionlar natijalarini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, mazkur sanada Toyloq tumanidan 5 ta tadbirkorlik uchun yer maydonlari savdoga chiqarilib, boshlang‘ich narxi 17 mln so‘mlik 5 ta mulk 889 mln so‘mga realizatsiya qilingan.

Jumladan, Samarqand viloyati, Toyloq tumanidagi 0.08 ga bo‘lgan, boshlang‘ich bahosi 4 mln so‘mlik yer uchastkasi auksion yakunida 864 mln so‘mga sotilgan.