Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloqda fermer xo‘jaligining yer maydonini 9 kishiga sotgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.Ya. “A.Yo.” fermer xo‘jaligiga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 4,9 gektar yer maydonini 9 nafar fuqaroga uy-joy qurish uchun jami 49 800 AQSh dollariga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.