Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloqda noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmasini qazib olgan shaxs jarimaga tortildi

15 iyul kuni Toyloq tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududida kuzatuv reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida tumanning “Nurli yo‘l” mahallasi hududdan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining muhofaza qismidan fuqaro J.Sh o‘zining ekskavatori yordamida tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmasini qazib, yuk tashuvchi avtomashinalarga yuklab berayotganligi aniqlandi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan, bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblashning 10 barobari, ya’ni 2 million 450 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.