Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloqdagi olti mahallada tibbiyot punktlari tashkil etildi

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash maqsadida Toyloq tumanidagi 6 ta chekka hududga maxsus konteynerlar o‘rnatildi.

Jumladan, "O‘ray-Elpok", "Taraqqiyot", "Nuroniy", "Qo‘shchinor", "Davlatobod", "Ilmobod" mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bittadan tibbiyot punktlari tashkil etish orqali 28 055 ming aholi qamrab olinadi. Bundan tashqari, tumanning yana 4 ta - "Chorbog‘tepa", "Shopo‘lot", "Talliota", "Eski Juma" mahallasining 8210 nafar aholisi uchun 4 ta konteyner olib kelish choralari ko‘rilmoqda.