Tramp Ukrainadagi mojaro xususida yana bayonot berdi: "urushni tugata olaman"
- 21.01.2024 10:55
- 87
- Xorij

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp shanba kuni Nyu-Gempshirda bo‘lib o‘tgan miting chog‘ida inauguratsiyadan oldin Ukraina mojarosini hal qilishiga va’da berdi.
“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli urushni men lavozimga kirishgunimga qadar hal qilamiz”, dedi u.
Tramp yana bir bor ta’kidladiki, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, shuningdek, Vladimir Zelenskiyni ham “yaxshi biladi”.
Avvalroq Tramp agar u qayta saylansa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal etish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘zbek tili rivoji uchun qachon qayg‘uramiz?
- Kecha, 19:08
- Jamiyat
Samarqandlik mas’ullar milliy libos kiydi
- Kecha, 17:22
- Jamiyat
Maktablarda kasb-hunar to‘garaklari ochilganmi?
- 08/02, 13:55
- Samarqand
Navoiy siymosiga ehtirom ko‘rsatildi
- 08/02, 12:03
- Samarqand