Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ukrainadan qaytgan fuqarolar ish bilan ta’minlanyapti

Urgut tumani hokimi B.Jabborov Ukraina davlatidan evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan uchrashdi.

Tumanda 855 nafar fuqaro Ukraina davlatidan qaytib kelgan. Ularning yashash sharoiti o‘rganilganda 644 nafari mehnatga yaroqliligi aniqlandi. Ular uchun “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda "Pochvon" mahallasida ro‘yxatda turuvchi Dilrabo Murodullayeva Kiyev shahridan qaytib kelganidan so‘ng farzandlarini maktabga joylashtirishda muammosiga duch kelayotgani haqida tuman hokimiga murojaat qildi. Uning murojaati shu kunning o‘zida hal etildi.

Yig‘ilishda asosan o‘qishni ko‘chirish, tadbirkorlik uchun kredit va yer olish tartibi, mahsulotlarni eksport qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Tuman hokimi murojaatchilarning muammolari bilan tanishib, amaliy yordam berishni va’da qildi.