Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tungi barlarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda

2019 yil 12 dekabr kuni “Zarnews.uz” sayti hamda telegram kanalida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Gavhar Alimova bilan O‘zA muxbiri uyushtirgan suhbatda Oqdaryodagi tungi barlarda yurgan qizlar haqida bildirgan fikrlari yoritildi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni G.Alimova va tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.O‘roqova hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida tumanimizdagi tungi barlar, kafelar o‘rganilib, ularning xodimlariga jamoat tartib-intizomi qoidalariga rioya qilishi borasida tegishli tavsiyalar berildi. Olib borilayotgan tekshiruvlar natijasida tungi barlarda yurgan qizlar nafaqat oqdaryolik, balki qo‘shni tumanlardan ham kelayotganligi yuzasidan senatorga axborot berilib, ushbu muammoni hal etish borasida maslahatlashildi.

Tungi barlarda mazkur masalada tuman IIB xodimlari tomonidan muntazam ravishda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.