Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turdimov Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasiga bordi

Prezident 29 iyul kuni «Astrum» IT akademiyasiga tashrifi doirasida viloyat hokimlariga bir oy muddatda ushbu akademiyaga kelib, sharoit va imkoniyatlarni ko‘rib, o‘z hududida kamida bittadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq bergan edi.

Ushbu topshiriq ijrosi hamda zamonaviy o‘quv markazi faoliyati bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi E.Turdimov «Astrum» IT akademiyasida bo‘ldi.

Uchrashuvda akademiya tashkilotchilari, ta’sischilar, o‘qituvchi va tinglovchilar bilan o‘zaro fikr almashilib, Samarqandda ham IT akademiya tashkil qilish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilishi belgilandi.